JARVIS. 3 kun bepul

JARVIS OS · 2026 · Toshkent

Chatbot emas. Operatsion tizim.

Gapiring — JARVIS kompyuteringizda ishni qiladi: fayl, Telegram, mijozlar, hisob, sayt. O'zbek, rus va ingliz tilida. Har muhim amaldan oldin sizdan so'raydi.

  • Windows · macOS · Linux
  • O'zbek · Русский · English
  • Kalitsiz, kartasiz demo

Maqsad

JARVIS ishingizni kuzatadi, o'zi eslab qoladi va keyingi safar so'ramasdan qiladi. U sizning tartibingizga moslashadi — siz uning tartibiga emas.

0agent, bitta jamoa
0vosita va integratsiya
0ovoz va matn bilan
0ma'lumot kompyuteringizda

Bitta tizim.To'qqiz qobiliyat.

01 / 09

Ovoz bilan, uch tilda

Gapirasiz — JARVIS tushunadi va o'z ovozi bilan javob beradi. O'zbek, rus va ingliz tilida, matn bilan ham.

Istalgan dasturda ishlaydi

Ekranni ko'radi, sichqoncha va klaviatura bilan odamdek ishlaydi. Bosish va yozishdan oldin so'raydi.

Sizning Telegramingiz

O'z akkauntingizni ulaysiz: xabarlarga javob beradi, ovozli xabarni eshitib ovoz bilan qaytaradi. Alohida raqam ulasangiz — unga qo'ng'iroq qilib topshiriq berasiz.

Ikkinchi miya

Obsidian qaydlaringizni o'zi topadi, bog'laydi va xulosa qiladi. Eski yozuv hech qachon o'chmaydi — arxivga ko'chadi.

Hisob va mijozlar

Tijoriy taklif, invoys, xarajat, qarzdorlar. Kim qachon yozgan, kim javob kutyapti — bitta ro'yxatda.

Brauzerda qo'lingiz

Chrome kengaytmasi orqali saytlarni ochadi, formalarni to'ldiradi, post tayyorlaydi. Yuborish — faqat ruxsatingiz bilan.

Kontent va motion video

Kontent reja, karusel, taqdimot va vertikal motion video: ssenariy, ovoz, kinetik matn va render — sizning uslubingizda.

God's Eye

3D globusda joylar, reyslar, sun'iy yo'ldoshlar va zilzilalarni jonli kuzatadi.

Ertalabki brifing

Bugungi vazifalar, muddati kelgan mijozlar, kechagi sarf va balans — har kuni ertalab bir xabarda.

Nega aynan JARVIS

Afzalliklar.

Ma'lumot

Sizniki sizda qoladi

Suhbatlar, xotira, fayllar va mijozlar kompyuteringizda. Tashqariga faqat AI javobi uchun kerakli matn chiqadi.

01
Nazorat

Har qadam — ruxsat bilan

Yuborish, o'chirish, to'lov va tizim sozlamalari hech qachon o'zboshimcha emas. Har amal jurnalga yoziladi.

02
Til

O'zbek tilida — birinchi

Eshitadi va gapiradi o'zbekcha. Ariza, rezyume, rasmiy xat va hisobot — tayyor ko'nikmalar bilan.

03

12 ta agent.Bitta jamoa.

Strateg ishni bo'laklarga ajratadi, qolganlar o'z qismini bajaradi. Siz faqat natijani ko'rasiz.

S

Strateg

Bosh rejalashtiruvchi

Katta vazifani bo'laklarga ajratadi va qaysi agent nima qilishini rejalashtiradi.

S

Savdogar

Savdo agenti

Lid topadi, mijozga taklif tayyorlaydi, CRM'ni yuritadi va mijozlarga javob yozadi.

H

Hisobchi

Moliya agenti

Tijoriy taklif, invoys, xarajatlar hisobi va qarzdorlar nazorati.

K

Kotib

Shaxsiy kotib

Ertalabki brifing, haftalik reja, vazifalar va KPI, rasmiy xatlar.

K

Kontentchi

Kontent agenti

Kontent rejasi, postlar, Instagram va Reels g'oyalari, joylash jadvali.

D

Dizayner

Taqdimot va karusel

Chuqur taqdimotlar va karusellar egasining uslubida, preview bilan tekshirilgan.

R

Rejissyor

Motion video

Vertikal motion video: ssenariy, ovoz, kinetik matn, render va kadrlarni tekshirish.

A

Arxivchi

Ikkinchi miya

Obsidian qaydlarini tartiblaydi, bog'laydi, hujjatlarni qisqa xulosaga aylantiradi.

M

Muhandis

Kod va kompyuter

Kod yozadi va tuzatadi, dastur o'rnatadi, kompyuterda ko'p qadamli ishlarni bajaradi.

T

Tadqiqotchi

Izlanish va tarjima

Internetdan manbali ma'lumot topadi, hujjatni qisqartiradi va tarjima qiladi.

K

Kuzatuvchi

God's Eye

3D globusda joylar, reyslar, sun'iy yo'ldoshlar va zilzilalarni kuzatadi.

U

Ustoz

O'qish va karyera

O'qish rejasi, mashqlar, rezyume va tarjimalar.

Birinchi 10 daqiqa

Texnik bilim kerak emas. Python'ni alohida o'rnatish shart emas.

  1. Tarifni tanlang

    3 kunlik demo — kalit va kartasiz. Yoki Pro, Max, Keys: QR kodni ochib, karta, Click yoki Payme bilan to'laysiz.

  2. Kodni oling

    To'lov tasdiqlangach, faollashtirish kodi shu sahifada chiqadi. JARVIS arxivini Telegram orqali yuboramiz.

  3. Ishga tushiring

    Arxivni oching va start faylini bosing. Birinchi marta JARVIS kerakli hamma narsani o'zi yuklaydi.

  4. Til va kod

    Brauzerda JARVIS ochiladi. Tilni tanlaysiz, kodni kiritasiz — tamom.

  5. Gapiring

    Orbni bosing: «JARVIS, bugungi ishlarimni ayt». U tinglaydi, bajaradi va javob beradi.

  6. Telegramni ulang

    Sozlamalar → Telegram. QR kodni telefoningizda skanerlaysiz — JARVIS uydan tashqarida ham siz bilan.

Tariflar.

Avval 3 kun bepul. Narx dollarda; to'lov so'mda — kunlik kurs bo'yicha, karta, Click yoki Payme.

Tariflar yuklanmoqda…

Qanday sotib olinadi

  1. 1Tarifda «Sotib olish»ni bosing.
  2. 2QR kodni telefoningizda oching — karta, Click yoki Payme.
  3. 3To'lov tasdiqlangach, kod shu oynada chiqadi.
  4. 4JARVIS'da ⚙ Sozlamalar → Tarif → kodni kiriting → «Faollashtirish».

O'rnatish.

Bir marta, 2–3 daqiqa. JARVIS o'ziga kerakli hamma narsani o'zi yuklaydi.

  1. Telegram orqali kelgan JARVIS.zip arxivini saqlang.
  2. Arxivni o'ng tugma bilan bosing → Extract All (Barchasini chiqarish).
  3. Papkadagi start.bat ni ikki marta bosing. «Windows protected your PC» chiqsa: More info → Run anyway.
  4. Birinchi ishga tushishda JARVIS kerakli fayllarni yuklaydi — 2–3 daqiqa, internet kerak.
  5. Brauzerda localhost:8766 ochiladi: tilni tanlang va kodni kiriting.
Tizim
Windows 10/11, macOS, Linux (64-bit)
Internet
AI javobi uchun kerak; fayl va tezkor buyruqlar internetsiz ham ishlaydi
Mikrofon
Ovoz bilan boshqarish uchun; matn bilan ham bo'ladi
Brauzer
Chrome, Edge yoki Safari

Qo'shimcha

Chrome kengaytmasiSaytlarda ishlash va postlar uchun
  1. JARVIS papkasidagi extension papkasini toping.
  2. Chrome'da chrome://extensions ni oching va o'ng yuqorida Developer mode ni yoqing.
  3. Load unpacked → extension papkasini tanlang.
  4. JARVIS'ni Chrome'da bir marta oching — kengaytma o'zi ulanadi.
TelegramUydan tashqarida boshqarish
  1. JARVIS'da ⚙ Sozlamalar → Telegram.
  2. Telefoningizda Telegram → Sozlamalar → Qurilmalar → Qurilma ulash → QR kodni skanerlang.
  3. Endi xabar yoki ovozli xabar yuborsangiz, JARVIS javob beradi va tasdiq so'raydi.
Qo'ng'iroq liniyasiJARVIS'ga qo'ng'iroq qilib topshiriq
  1. JARVIS uchun alohida Telegram raqamini ulang: ⚙ Sozlamalar → Qo'ng'iroq liniyasi.
  2. O'z akkauntingizdan «Bu men» ni bosing — JARVIS faqat sizni taniydi.
  3. Qo'ng'iroq qiling: «Labbay, eshitaman» — gapiring, u bajaradi va natijani aytadi.

Savollar.

Bepul demo qanday ishlaydi?

JARVIS'ni o'rnatib, birinchi ishga tushishda «Bepul demoni boshlash»ni bosasiz. 3 kun kalit va to'lovsiz ishlaydi, har kompyuterda bir marta.

Ma'lumotlarim qayerda saqlanadi?

Kompyuteringizda. Tashqariga faqat AI javobi uchun kerakli matn ketadi. Batafsil — maxfiylik siyosatida.

JARVIS ekranimni va kameramni ko'radimi?

Faqat siz so'raganda. Kamera har safar ruxsatingiz bilan yoqiladi, bosish va yozishdan oldin JARVIS so'raydi.

Xavfsizmi? O'zboshimcha biror narsa qilmaydimi?

Yuborish, o'chirish, to'lov va tizim sozlamalari — doim tasdiq bilan. Ustidan yozilgan fayl avval zaxiraga ko'chiriladi, har muhim amal jurnalga yoziladi.

Pro va Max farqi nima?

Pro ($20/oy) — 1 kompyuter. Max ($100/oy) — eng aqlli model, ko'proq limit va telefon (kompyuter + telefon). Keys ($100, bir marta) — o'z API kalitlaringiz bilan. Yillik to'lovda 2 oy bepul.

Kunlik limit tugasa nima bo'ladi?

JARVIS to'xtamaydi — ertangacha yengilroq rejimda (JARVIS Lite) javob berishda davom etadi.

O'z API kalitlarim bilan ishlasa bo'ladimi?

Ha — JARVIS Keys: bir martalik to'lov, JARVIS limitlarisiz. AI uchun Google va Anthropic'ga o'zingiz to'laysiz.

Bitta kodni ikki kompyuterda ishlatsa bo'ladimi?

Yo'q — kod kompyuterga bog'lanadi. Qayta o'rnatsangiz, shu kompyuterda o'sha kodni kiritasiz.

Internet bo'lmasa ishlaydimi?

Fayllar, qaydlar va tezkor buyruqlar ishlaydi. AI javobi uchun internet kerak. Tarif internetsiz 7 kungacha saqlanadi.

Qaysi tillarni tushunadi?

O'zbek (lotin), rus va ingliz tili — matn bilan ham, ovoz bilan ham.

Kod ishlamayapti

Kod to'g'ri kiritilganini tekshiring. Kod faqat bitta kompyuterda ishlaydi. Yordam kerak bo'lsa — Telegram orqali yozing.

Pulni qaytarsa bo'ladimi?

Kod hali ishlatilmagan bo'lsa, 3 kun ichida. Batafsil — shartlarda.

To'liq qo'llanma →

BOSHLAYMIZ

Savol bormi? Egasiga yozing.

Telegram orqali bog'lanish