Hujjat
Maxfiylik siyosati
Qisqasi: JARVIS sizning kompyuteringizda ishlaydi va fayllaringiz o'sha yerda qoladi. Tashqariga faqat javob olish uchun kerakli matn ketadi.
Nima kompyuteringizda qoladi
- Fayllaringiz, hujjatlaringiz va Obsidian qaydlaringiz.
- Suhbatlar tarixi, JARVIS eslab qolgan narsalar va siz o'rgatgan qoidalar.
- Ulangan akkauntlar (Telegram va boshqalar) kalitlari — faqat shu kompyuterda, shifrlangan papkada.
- Ish jurnali: JARVIS nima qilgani, qachon va qanday natija bilan.
Nima tashqariga ketadi
- AI so'rovi. Siz yozgan yoki aytgan gap va javob uchun kerakli parcha AI xizmatiga (Anthropic, Google yoki OpenRouter orqali) yuboriladi. Tarif bo'yicha ishlasangiz, so'rov JARVIS Cloud serveri orqali o'tadi; server sarfni hisoblaydi, matnni saqlamaydi.
- Ovoz. Ovozli buyruq matnga aylantirish uchun xuddi shu yo'l bilan yuboriladi.
- Litsenziya tekshiruvi. Kompyuteringizning anonim xeshi (asl identifikator emas) va qurilma tokeni. Bu bitta kod bilan bitta kompyuter ishlashi uchun kerak.
Nima hech qachon yuborilmaydi
- Fayllaringiz siz so'ramaguningizcha va ko'rsatmaguningizcha.
- Parollar va karta raqamlari — JARVIS ularni kiritmaydi va saqlamaydi.
- Reklama yoki uchinchi tomonga sotish uchun hech qanday ma'lumot.
To'lov
To'lov karta o'tkazmasi, Click yoki Payme orqali bo'ladi. Karta ma'lumotlaringiz bizga kelmaydi — ular to'lov xizmatining o'zida qoladi. Biz faqat buyurtma raqami va summasini ko'ramiz.
Muhim amallar
Xabar yuborish, o'chirish, to'lov va tizim sozlamalarini o'zgartirishdan oldin JARVIS sizdan ruxsat so'raydi. Bu sozlamani o'chirib bo'lmaydi.
Ma'lumotni o'chirish
Hamma narsa kompyuteringizdagi .jarvis papkasida. Papkani o'chirsangiz, JARVIS hech narsani eslamaydi. Serverdagi litsenziya yozuvini o'chirishni so'rash uchun bizga yozing.
Aloqa
Savollar bo'yicha: Telegram orqali yozing.
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 30-oktabr